Braziliya milliy jamoasi himoyachisi Markinos Yaponiyaga qarshi bo'lib plef-off bahsi oldidan fikr bildirdi.
“Oson bo'lmagan o'yin kutmoqda, ammo biz to'liq tayyormiz. Raqibni aslo kamsitmaymiz. Yaponiya guruh bosqichida o'z darajasini ko'rsata oldi. Ularning kuchli tomonlarini zararsizlantirishimiz kerak. Jamoamiz esa o'yindan o'yinga kuchayib bormoqda”, — deya Markinosning so'zlaridan keltiradi Globo nashri.
Eslatib o'tamiz, Braziliya va Yaponiya o'rtasidagi uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.