Bugun
5
O'zbek

Kasilyas Mourinoning "Real"ga qaytishi haqida: "Umid qilamanki, bu Madrid uchun foydali bo'ladi"

Futbol
29 iyun, 08:43
Iker 2010–2013 yillar oralig'ida aynan Joze qo'l ostida "Real" safida to'p tepgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Kasilyas Mourinoning "Real"ga qaytishi haqida: "Umid qilamanki, bu Madrid uchun foydali bo'ladi"
Фото: Getty Images

"Real"ning afsonaviy sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Joze Mourinoning Madrid klubiga qaytishiga munosabat bildirdi.

"Ajoyib. Klub Joze "Real"ga qaytishi kerak, deb qaror qildi. Unga omad tilaymiz. Umid qilamanki, hammayoq yaxshi kechadi. Bu Madrid uchun foydali bo'ladi", — deya Kasilyasning so'zlaridan keltiradi Marca nashri.

Eslatib o'tamiz, 11 iyun kuni portugaliyalik mutaxassis rasmiy ravishda "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Qizig'i shundaki, Mourino tayinlanishidan avval Kasilyas o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida uning "Real"ga qaytishiga qarshi ekanini bildirgan edi.

Iker 2010–2013 yillar oralig'ida aynan Joze qo'l ostida "Real" safida to'p tepgan.

Bugungi yangiliklar