Bugun
5
O'zbek

«Valensiya» Xoan Martinesni «Real»dan ijaraga olmoqchi

Futbol
29 iyun, 06:31
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, markaziy himoyachining bozor qiymati 5 million yevroga baholanmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Valensiya» Xoan Martinesni «Real»dan ijaraga olmoqchi
Фото: Getty Images

«Valensiya» klubi «Real»ning yosh markaziy himoyachisi Xoan Martinesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, madridliklarning 18 yoshli futbolchisi akademiyasining eng istiqbolli o'yinchilaridan biri sanaladi. Biroq u hali asosiy jamoa safida debyut qilmagan va hozircha «Kastilya» tarkibida tajriba to'plamoqda.

«Valensiya» yosh himoyachini kelasi mavsum oxiriga qadar ijara asosida o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Xoan o'tgan mavsum «Real Kastilya» safida barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, markaziy himoyachining bozor qiymati 5 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Valensia Valensia
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar