Marokash milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Niderlandiyani penaltidan mag'lub etdi.
Shu tariqa, Marokash o'z tarixida ikkinchi marta jahon chempionati pley-offining ikkinchi bosqichiga chiqishga muvaffaq bo'ldi. Bu natijaga marokashliklar ilk bor 2022 yil Qatarda o'tkazilgan jahon chempionatida erishgandi. O'shanda jamoa 4-o'rinni egallab, Afrika qit'asi vakillari tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan.
Ma'lumot o'rnida, 2026 yildagi jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Marokash milliy jamoasi Kanadaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 4 iyul kuni bo'lib o'tadi.