Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman 2026 yilgi jahon chempionatidan chiqib ketganidan keyin jamoa manziliga yangrayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
"Butun Gollandiya 5 nafar himoyachi bilan oʻynashimiz kerakligini aytmoqda edi. Biz aynan 5 himoyachi bilan maydonga tushdik, ammo baribir tanqid qilishdi. Yana bir bor aytaman: men tanqidlarga parvo qilmayman.
Biz, albatta, yaxshiroq oʻynashimiz mumkin edi. Ayrim vaziyatlarda jamoa haddan tashqari orqaga chekindi.
Himoyada yomon harakat qilmadik, ammo raqibga bosim oʻtkazishda sustlik qildik. Bunday bahslarda oʻz darvozang oldida bunca imkoniyat berish mumkin emas. Lekin uchrashuv allaqachon tugadi, endi bu haqda gapirishning ma'nosi yoʻq", — dedi Kuman.
Qayd etish lozim, Niderlandiya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati bilan 1/16 final bosqichida turnir bilan xayrlashdi. Jamoa Marokashga qarshi bahsning asosiy va qoʻshimcha vaqtida 1:1 hisobida durang oʻynadi, ammo penaltilar seriyasida 3:4 hisobida magʻlub boʻldi.