Niderlandiya milliy jamoasi sardori Virjil van Deyk 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Marokashga qarshi bahsdagi mag‘lubiyat (1:1, penaltiyalar seriyasida 2:3) haqida fikr bildirdi.
"Bu futbolchi uchun eng og‘ir lahzalardan biri. Hozir nimanidir tahlil qilish juda qiyin. Uchrashuv juda keskin kechdi. Afsuski, biz musobaqa bilan xayrlashdik.
Bir muddat hammasi yaxshi ketayotgandek edi. Albatta, biz yaxshiroq o‘ynashimiz ham mumkin edi, ammo endi bu haqida gapirishning foydasi yo‘q.
Biz penaltini juda ko‘p mashq qilgandik, ammo baribir mag‘lub bo‘ldik. Hozir men imkon qadar tezroq yechinish xonasiga qaytib, jamoadoshlarim bilan birga bo‘lishni xohlayman.
Ayni paytda xayolimda faqat shu narsa bor", — dedi van Deyk.