Niderlandiya milliy jamoasi vingeri Kodi Gakpo 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Marokash darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gol uning jahon chempionatlaridagi oltinchi goli bo‘ldi.
Qayd etilishicha, ushbu natija orqali Gakpo jahon chempionatlaridagi gollari soni bo‘yicha Dennis Bergkamp, Uesli Sneyder, Arjen Robben va Robin van Persi bilan tenglashib, 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Niderlandiya milliy jamoasining eng yaxshi to‘purari Jonni Rep hisoblanadi. U jahon chempionatlarida jami 7 ta gol urg‘an.
Ma'lumot o‘rnida, Ronald Kuman shogirdlari 2026 yilgi jahon chempionati bilan 1/16 final bosqichida xayrlashdi. Niderlandiya milliy jamoasi Marokashga qarshi bahsda penaltidan mag‘lub bo‘ldi.