Samarqandning «Dinamo» klubi Qirg'izistonda yig'in o'tkazadi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
«Tayyorlik rejasi doirasida ikki kunlik dam olishdan keyin Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz xorij yig'iniga jo'nab ketdi. Samarqand klubi 30 iyundan 11 iyulgacha Qirg'izistonning Issiqko'l shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.
Yig'in doirasida tarkibda o'zgarishlar bo'lishi va jamoamiz nazorat o'yinlari o'tkazishi rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, «Dinamo» Superliga 12-turida 18 iyul kuni Navoiyda «Qizilqum» klubi mehmoni bo'ladi. Avvalroq «arslonlar» Dembele va Mavretich bilan xayrlashgandi.