Bugun
3
O'zbek

Marokash bosh murabbiyi: «2022 yildagi jahon chempionatidan keyin ruhiyatimiz o'zgardi»

Futbol
30 iyun, 03:40
Muhammad Uahbi Niderlandiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Marokash bosh murabbiyi: «2022 yildagi jahon chempionatidan keyin ruhiyatimiz o'zgardi»
Foto: Reuters
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Niderlandiya Niderlandiya (2) 1 : 1 (3) Marokash Marokash

Marokash milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Niderlandiyani mag'lub etganidan keyin jamoa bosh murabbiyi Muhammad Uahbi o'z fikrlarini bildirdi.

«2022 yildagi jahon chempionatidan keyin bizning ruhiyatimiz o'zgardi. Futbolchilar ham, muxlislar ham o'z kuchiga ishonadi. Bu juda muhim omil.

Endi bizga nisbatan talablar ham yuqori, chunki hamma jamoamiz uzoq bosqichlargacha yetib borishga qodirligini biladi.

Endi bizni Kanadaga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu hech qachon oson o'yin bo'lmaydi. Bizga jiddiy raqib qarshi chiqadi», — dedi murabbiy France 24 nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot o'rnida, Niderlandiya — Marokash uchrashuvining asosiy va qo'shimcha vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa afrikaliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar