Bugun
3
O'zbek

Ronaldo Zidanning Fransiya milliy jamoasidagi istiqboli haqida fikr bildirdi

Futbol
30 iyun, 08:57
Braziliya afsonasi Zidanning Fransiya milliy jamoasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonch bildirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Ronaldo Zidanning Fransiya milliy jamoasidagi istiqboli haqida fikr bildirdi
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Ronaldo Zinedin Zidan Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida muvaffaqiyatga erishishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Ha, albatta, u bunga qodir. Men doim uning bu lavozim uchun ideal profili borligini aytganman. Unda iqtidor, tajriba, taktik intellekt va ideal xarakter bor. Bu faqat mening qarashim emas. U buni Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi lavozimidagi porloq davri bilan allaqachon isbotlagan», — dedi Ronaldo L’Équipe nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Zidan 2016 yildan 2018 yilgacha, shuningdek, 2019 yildan 2021 yilgacha «Real» klubini boshqargan. Fransiyalik murabbiyi bilan «qirollik klubi» uch marta Chempionlar Ligasi bosh sovrini va boshqa ko‘plab yutuqlarga erishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 54 yoshli Zidan 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Fransiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar