Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Angliya milliy jamoasi va «Arsenal» klubi yarimhimoyachisi Deklan Rays ichak infeksiyasi tufayli izolyatsiya qilingan.
Avvalroq sonning orqa yuzasi va beli bilan muammolarni boshdan kechirgan futbolchi JCH 1/8 finali doirasida Belgiyaga qarshi o‘yin uchun Mexikoga yetib borgach, qornida og‘riq his qilayotganidan shikoyat qilgan.
Manbaning xabariga ko‘ra, Angliya milliy jamoasi xodimlari Raysda aniqlangan infeksiya tarqalishini oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rgan. Deklan Kanzas-Sitidagi jamoa qarorgohida izolyatsiya qilingan.
Natijada, Rays oxirgi ikki kun umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarda qatnashmagan, ammo 1/4 finalda Norvegiyaga qarshi o‘yin uchun Mayamiga yo‘l olishi kutilmoqda.
Ingliz jamoasiga yaqin manbalarning ta’kidlashicha boshqa futbolchilar mazkur infeksiyadan zarar ko‘rmaydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi