Jahon chempionati 1/8 finali doirasida Misr milliy jamoasi Argentinaga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Ta’kidlash lozim, afrikaliklar o‘yinning asosiy vaqti 78-daqiqasida ham 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi.
«Bilaman, hali ham jahlingiz chiqmoqda, lekin va’da beraman, bu Misr futboli uchun xalqaro maydonda yangi davrning boshlanishi bo‘lishi uchun qo‘limdan kelganini qilaman.
Endi jahon chempionatida shunchaki ishtirok etishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Bu jamoa sizning qo‘llab-quvvatlashingizga munosib», — deb yozdi Saloh o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 19-iyulga qadar davom etadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi