Live
1
O'zbek

Jokovich Messi bilan solishtirish haqida: «Men ham 90 daqiqa o‘ynashni istardim»

Futbol
10 iyul, 07:26
Dunyoning sakkizinchi raqamli tennischisi argentinalik futbolchi bilan solishtirishga tabassum bilan munosabat bildirdi.
Jokovich Messi bilan solishtirish haqida: «Men ham 90 daqiqa o‘ynashni istardim»
Foto: Getty Images

24 karra «Katta dubulg‘a» musobaqalari chempioni, dunyoning sakkizinchi raqamli tennischi serbiyalik Novak Jokovich argentinalik futbolchi Lionel Messi bilan solishtirishga tabassum bilan munosabatda bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda nafaqat futbol bo‘yicha jahon chempionati balki tennis bo‘yicha Uimbldon-2026 «Katta dubulg‘a» musobaqasi ham qizg‘in pallasiga kirgan. Kuni kecha 1/4 finalda Jokovich kanadalik Feliks Ojer-Alyassim ustidan qozongan g‘alaba qozondi — 7:6 (12:10), 3:6, 6:3, 6:7 (4:7), 7:6 [10:4]. Mazkur bahs besh soatdan ortiq vaqt mobaynida davom etdi.

– 39 yoshida Messi hali ham mundialda gol urayotgani ajoyib. Siz esa besh soat va 15 daqiqadan so‘ng o‘yinni yutyapsiz.
– Men ham u kabi 90 daqiqa o‘ynashni istardim, ammo... (kuladi).

– Sizningcha, tiklanishga ulgurasizmi?
– Ko‘ramiz, yaxshi tomoni shuki, orada bir kun dam olish mumkin, – dedi Jokovich Uimbldondagi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 19:30da Jokovich Uimbldon-2026 yarimfinalida dunyoning birinchi raqamli tennischisi Yannik Sinnerga qarshi kortga tushadi.

Bugungi yangiliklar