Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi (RBFA) himoyachi Zeno Debast jahon chempionati 1/4 finali doirasidagi Ispaniya milliy jamoasi bilan bahsda maydonga tushmasligini ma’lum qildi. Bunga «Sporting» klubi futbolchisining jismoniy holati bu bahsda ishtirok etishga imkon bermaydi, deb hisoblamoqda.
«Zeno Debast chorakfinalda maydonga tusha olmaydi. Uning klubi «Sporting» o‘yinchini salomatligi yuzasidan bo‘lajak bahsga tayyor emas, deb hisoblashi borasida xabardor qilgan. Qizig‘i, bu borada «qizil iblislar» tibbiyot xodimlari, shu bilan birga FIFA sug‘urta organlarining fikri farqli. Hozircha Zeno individual tartibda RBFA jismoniy tayyorgarlik bo‘limi vakillari nazorati ostida shug‘ullanmoqda», — deya RBFAdan iqtibos keltirdi The Athletic.
Eslatib o‘tamiz, Debast oyog‘idagi jarohati tufayli jahon chempionatining birorta o‘yinida ishtirok etmadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi