Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Argentina milliy jamoasining 39 yoshli yetakchisi Lionel Messi haqida gapirdi.
«Messi xuddi 19 yoki 23 yoshdagidek o‘ynamoqda. U o‘ta yuqori daraja ko‘rsatmoqda. Gap nafaqat uning aqlli qarorlarida, balki eng avvalo uning fidoyiligida.
Messi charchamaydi va hech qachon erishgan natijasida to‘xtab qolmaydi. U har doim, har kuni ko‘prog‘ini istaydi. Messi — haqiqiy o‘rnak», — deya de la Fuente so‘zlaridan iqtibos keltirdi DAZN X tarmog‘idagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Messi jahon chempionati-2026da 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi