Live
5
O'zbek

Kubarsi JCH-2026 finaliga chiqqani haqida: «Hozircha buni to‘liq anglab yetmayapman»

Futbol
15 iyul, 05:00
Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi jahon chempionati yarimfinalida Fransiya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bild
Kubarsi JCH-2026 finaliga chiqqani haqida: «Hozircha buni to‘liq anglab yetmayapman»
Foto: Getty Images
14.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 0 : 2 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi jahon chempionati 1/2 finali doirasida Fransiya ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu shunchaki ajoyib. Hozircha buning barchasini to‘liq anglab yetmayapman. Oxirgi oylar davomida katta ko‘lamdagi ishni bajardik. Ushbu musobaqaga ajoyib sport formasida yetib keldik. Biz — haqiqiy oilamiz. Endi oldinda eng qiyini kutib turibdi — final. Ishonchim komil, biz uddalaymiz.

Biz himoyada yaxshi harakat qilyapmiz. Ammo bunda hamma yordam bermoqda — bu yerda ham, mashg‘ulotlarda ham. Hattoki zaxira o‘rindig‘ida qolayotganlar ham. Jamoa ichidagi bunday sog‘lom raqobat hammani kuchliroq qiladi», — deya Kubarsi so‘zlaridan iqtibos keltirdi AS.

Ma’lumot uchun, Ispaniya AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundialning ilk finalchisiga aylandi. Ikkinchi yarimfinal bahsida Argentina va Angliya milliy jamoalari maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar