Bugun
8
O'zbek

"Galatasaroy" Foden bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Futbol
15 iyul, 07:09
Bu haqda Fanatik nashri xabar berdi.
"Galatasaroy" Foden bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Фото: Getty Images

"Galatasaroy" klubi "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Fil Fodeni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha harakatni boshladi. Bu haqda Fanatik nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turk klubi allaqachon "shaharliklar" rahbariyati 26 yoshli futbolchi bo‘yicha rasmiy muloqotni yo‘lga qo‘ygan.

"Galatasaroy" prezidenti muzokaralarni olib borish vazifasini italiyalik agent Jorjo Gardiga topshirgan. U avval ham bir qator yulduz futbolchilarni Istanbul jamoasiga olib kelish jarayonida ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, Fodenning bozor qiymati taxminan 70 million yevroga baholanmoqda. "Galatasaroy" futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishi ham mumkin.

O‘tgan mavsumda Fil APL doirasida 33 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar