"Tottenhem" himoyachisi Jed Spens yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Football365 xabar berdi.
Manbaga ko'ra, angliyalik 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar himoyachi transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Ma'lumot uchun, Jud 2022 yilda "Midlsbro"dan 14 million yevro evaziga "Tottenhem"ga o'tgan. Uning "taqachilar" bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
O'tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlar doirasida 44 ta o'yinda maydonga tushgan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.