Milaning «Inter» klubi «Tottenhem» himoyachisi Jed Spens transferi yuzasidan London klubi bilan muzokaralarni boshladi.
Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «Tottenhem» 25 yoshli futbolchi uchun 35 million yevro talab qilmoqda. Hozircha muzokaralarning boshqa tafsilotlari oshkor etilmagan.
Avvalroq Spens «Inter»ning o'ng qanot himoyasi uchun yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadiga aylangani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2025/26 yilgi mavsumda angliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 44 ta bahsda maydonga tushdi. U mavsum davomida gol ham, assist ham qayd etmadi.
Transfermarkt portali Jed Spensning transfer qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Jed Spens Angliya milliy jamoasi safida ham to'p suradi. Hozircha uning «Inter»ga o'tishi borasida klublar o'rtasida rasmiy kelishuvga erishilgani yo'q.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi