Live
3
O'zbek

Oyarsabal Alvaresning «Barselona»ga transeri tezlashishiga sababchi bo‘lishi mumkin

Futbol
17 iyul, 05:43
Kataloniyaliklar hali ham argentinalikni jamoa hujum chizig‘i uchun idela nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Oyarsabal Alvaresning «Barselona»ga transeri tezlashishiga sababchi bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images

Bu haqda El Chiringuito xabar berdi.

«Matraschilar» argentinalik futbolchisini sotish niyatida emas, ammo agarda klub «Real Sosedad»dan Mikel Oyarsabalni xarid qila olsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoaga Oyarsabalni taklif qilishga juda ham qiziqib qolgan. Madridliklar 29 yoshli futbolchi vakillari bilan aloqaga chiqib ulgurgan. Dushanba, 20 iyul, kunidan muzokaralar faollashishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Oyarsabal klub safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi. Alvares esa 49 o‘yinda 20 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Real Sociedad Real Sociedad
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar