Bugun
1
O'zbek

«Surxon» Davron Merganovning holati haqida rasmiy ma'lumot berdi

Futbol
19 iyul, 08:55
Kiper «Andijon»ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
«Surxon» Davron Merganovning holati haqida rasmiy ma'lumot berdi
Фото: Сурхон ПФК
18.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Andijon Andijon 1 : 2 Surxon Surxon

Superliga 12-turidan o‘rin olgan «Andijon» – «Surxon» (1:2) uchrashuvining 5-daqiqasida Termizliklar darvozaboni Davron Merganov to‘p uchun kechgan havo yakkakurashi vaqtida bosh qismidan jarohat olgandi. Natijada u tibbiy yordam ko‘rsatilgach maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

«Surxon» jamoasi shifokori Baxtiyor Mirsagatov ma'lum qilishicha, uchrashuvdan so‘ng futbolchi shifokorlar tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Davron Merganovda bosh chayqalishi (miya chayqalishi) holati aniqlangan.

«Ayni vaqtda futbolchining umumiy ahvoli barqaror va qoniqarli. U shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, zarur davolanish hamda tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Hozircha uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy xavotir uyg‘otadigan holat kuzatilmayapti», - deyiladi klub xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • Surxon Surxon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar