Aleks Ximenes «Bornmut»dan «Fiorentina»ga o'tdi.
Florensiya klubi 21 yoshli himoyachini sotib olish huquqi bilan ijaraga olganini e'lon qildi.
Avvalroq to'liq transfer italyanlarga 30 million yevroga tushishi xabar berilgandi.
May oyi boshida «Bornmut» Ximenesni vaqtincha jamoadan chetlatgandi. Bunga internetda himoyachining 15 yoshli qiz bilan yozishmalari skrinshotlari tarqalganani sabab bo'lgan. Klub ushbu holat yuzasidan ichki tekshiruv o'tkazgan.
Himoyachi o'tgan mavsumda APLda 31 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urg'an.
Ispaniyalik futbolchi «Real» tarbiyalanuvchisi sanaladi. Unga A Seriya ham begona emas — 2023-2025 yillar oralig'ida «Milan»da o'ynagan.
Ximenes A Seriyaga qaytdi
Futbol
16 iyul, 18:15
Avvalgi mavsumni «Bornmut»da o'tkazgan «Real» tarbiyalanuvchisi faoliyatini yana Italiyada davom ettiradi.
Foto: Fiorentina