Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Madridning «Atletiko» klubi angliyalik vinger Jeydon Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Manbaning xabariga ko‘ra, ispan klubi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda va angliyalik vingerni jamoa hujumini kuchaytira oladigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda, biroq hali ham Sanchoning agentlariga rasmiy taklif bilan chiqmagan.
«Manchester Yunayted» bilan iyul oyi avvalida shartnomasi muddati yakunlangan Jeydon erkin agent bo‘lib turibdi. 26 yoshli futbolchini Dortmundning «Borussiya»si ham ortga qaytarish haqida o‘ylamoqda.
Nemislar Sancho maoshi sezilarli ravishda qisqarishiga rozi bo‘lsa, u bilan shartnoma imzolashga tayyorlar. Uning asosiy maoshi taxminan 5 million yevro bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, «Borussiya» natijalarga asoslangan shartnomaga umid qilmoqda. Angliyalik futbolchi klubga tekinga tushishiga qaramay, «arilar» rahbariyati shartnoma imzolagani uchun bonus puli to‘lashga tayyor emas.