Live
6
O'zbek

O'rtog'lik o'yini. "Roma" Germaniyada "Borussiya D" bilan durang o'ynadi

Futbol
15 avgust, 15:01
O'yinda jami 4 ta gol urildi.
O'rtog'lik o'yini. "Roma" Germaniyada "Borussiya D" bilan durang o'ynadi
Фото: Getty Images

"Roma" va "Borussiya D" jamoalari o'rtog'lik bellashuvida o'zaro to'qnash kelishdi. Germaniyada kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.

Bahsda hisobni 4-daqiqada "Roma" hujumchisi Paulo Dibala ochdi. Oradan besh daqiqa o'tib, 9-daqiqada yarim himoyachi Brian Kristante "bo'rilar"ning ustunligini ikki to'pga yetkazdi.

12-daqiqada "Borussiya" himoyachisi Yulian Ryerson hisobdagi farqni qisqartirdi. 22-daqiqada esa dortmundliklar hujumchisi Seru Girassi gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Ma'lumot uchun, "asalarilar" bundan oldingi nazorat uchrashuvida "Tokio"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Roma" "Brayton"ga (0:3) imkoniyatni boy bergan edi.

O'rtog'lik o'yini
Roma – Borussiya D 2:2
Gollar:
Dibala 4, Kristante 9 – Ryerson 12, Girassi 22.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya D Borussiya D
  • Roma Roma
  • Klub o‘rtoqlik o‘yinlari Klub o‘rtoqlik o‘yinlari
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar