Superliganing 17-turida «Lokomotiv» klubi Qo'qonda 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Biz ikki marta xatoga yo'l qo'ydik va bu xatolardan keyin ikki gol o'tkazib yubordik. Albatta, bu qiyin holat. Lekin umuman olganda, jiddiy muammo yo'q edi, o'yin nazoratimiz ostida bo'ldi. Maydon, albatta, yaxshi holatda emas edi. Shunday maydonda munosib futbol namoyish etgan yigitlarimizga rahmat. Albatta, men uchun uch ochkoni qo'ldan chiqarish yoqimsiz. Chunki o'yin nuqtai nazaridan, yigitlarning harakati va intilishini hisobga olsak, bu natija alamli.
Bugun jamoamizga ma'lum darajada bosim borligi sezildi. Bu, ayniqsa, o'yinning boshida biroz ko'rindi. Bunday vaziyatdan qochib qutulib bo'lmaydi — bu real holat. Shuning uchun og'ir vaziyatda o'zlarini qo'lga olib, xatolarini to'g'rilay olgan futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman.
- Temurxo'ja Abduholiqovning oilasida yuz bergan yo'qotish jamoaning strategik vazifalariga qay darajada ta'sir qiladi?
- Tima statistik ko'rsatkichlar bo'yicha bu yil ligadagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U bizga nafaqat statistikasi bilan yordam beradi, balki jamoada inson sifatida ham juda katta ahamiyatga ega. Bazada unga nisbatan bo'lgan hurmatni ham alohida ta'kidlash mumkin. Albatta, bu biz uchun katta yo'qotish. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. Endi biz bu vaziyatni qanday to'g'rilash va oldinga qanday yo'l topish haqida o'ylashimiz kerak.
Albatta, bu yoqimsiz holat. Futbolchini nafaqat jismoniy jihatdan yo'qotish, balki psixologik tomondan ham ta'sir qiladi.
- Nikita o'z vazifalarini qay darajada bajara oladi? U to'liq kuch bilan o'ynay oladimi?
- Nikita ancha vaqt o'ynamagan. Lekin, bilasizmi, har qanday futbolchiga bo'lgani kabi, unga ham vaqt kerak. Hozir u o'zini ancha qulay his qilyapti. Vaqt o'tishi bilan o'ziga bo'lgan ishonchi ham ortadi.
Bu tez hal bo'ladigan jarayon emas. Buning uchun unga o'yin amaliyoti kerak. U ko'p o'ynamagan, asosan dubl tarkibida maydonga tushgan. Albatta, dubldagi daraja boshqacha — muhit ham, bosim ham asosiy jamoadagidek emas. Lekin uning hozirgi vaziyatdayoq maydonga tushayotgani o'zi uchun yaxshi. U darhol, boshqalar kutganidek, yuqori darajada o'yin ko'rsata olmasligi tabiiy. Buning uchun unga vaqt va o'yin amaliyoti kerak», - deya Yelichichning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Mirko Yelichich: «Uch ochkoni qo'ldan chiqarish yoqimsiz»
Eksklyuziv
15 avgust, 13:55
«Lokomotiv» bosh murabbiyi «Qo'qon-1912»ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Фото: Локомотив ПФК
15.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Qo'qon-1912
2
:
1
Lokomotiv Tashkent