Patrik Vieira Senegal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu 50 yoshli mutaxassisning terma jamoa darajasidagi ilk ishi bo'ladi.
Futbol insayderi Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, Vieira Senegal futbol federatsiyasi bilan kelishuvni imzolagan va jamoadagi yangi loyihani darhol boshlaydi. Tayinlov Senegal futbol federatsiyasi tomonidan ham tasdiqlangan.
Dakarda tug'ilgan Vieira futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Fransiya terma jamoasida o'tkazgan. U 1998 yildagi Jahon chempionati va 2000 yildagi Yevropa chempionatida g'olib chiqqan. Shuningdek, "Arsenal"da uzoq yillar to'p surib, jamoa sardori sifatida 2003/04 yildagi mag'lubiyatsiz chempionlik mavsumini o'tkazgan.
Murabbiy sifatida esa Vieira "Nyu-York Siti", "Nitssa", "Kristal Peles", "Strasburg" va "Jenoa" klublarida ishlagan. Uning so'nggi ish joyi "Jenoa" bo'lgan.
Vieira Senegal terma jamoasida Pap Tiav o'rnini egalladi. Endi u Jahon chempionatidan keyin yangi bosqichga qadam qo'yayotgan jamoani boshqaradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi