«Bavariya» vingeri Jamol Musiala «Haydenhaym»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida yana hushidan ketdi. Futbolchi bir necha kun oldin «Leyptsig»ga qarshi bellashuvda ham mana shunday holatga duch kelgandi. O‘yindan so‘ng futbolchi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida batafsil xabar qoldirdi.
«Men bilan hammasi joyida. Xabarlaringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun juda minnatdorman! Sizlardan ko‘pchilik xavotirda ekanini tushunaman. Xavotirlaringizni tarqatib, ba'zi narsalarni tushuntirib bermoqchiman. Menda nevrologik disfunktsiya tufayli yuzaga kelgan, qisqa muddatli, ammo oson davolanadigan tashxis qo‘yildi. «Leyptsig»ga qarshi yoki «Haydenhaym» bilan bahsda qodir bo‘lgan vaziyatlarga olib kelishi mumkin. To‘g‘ri, bu biroz xavotirli ekanligini bilaman. Ammo hozirgi vaqtda bu mening kundalik hayotimning bir qismidir. Hozirda ajoyib tibbiy yordam olayapman va juda optimistik ruhdaman. «Bavariya» va mening atrofimdagilar bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bundan tashqari, sog‘liq uchun hech qanday xavf yo‘qligini ta'kidlash muhim.
Umuman olganda, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman va to‘g‘ri yo‘ldaman. Menga eng yaxshi yordam beradigan narsa – bu sizning qo‘llab-quvvatlashingiz ostida jamoam bilan g‘alabalar va sovrinlarni qo‘lga kiritishda davom etishdir.
Bu sizga meni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi deb umid qilaman. Shu bilan birga, sizning tushunishingizga umid qilgan holda, bu mavzuni bundan buyon faqat eng yaqin tanishlarim, klub va ekspertlar doirasida tutishni istardim. Katta rahmat», – deb yozdi Musiala.