Fransiyaning "Nissa" klubi yarimhimoyachi Aksel Vitsel bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, belgiyalik 37 yoshli futbolchi 2027 yilning yoziga qadar ijara asosida Fransiya klubi safiga kelib qo'shildi. Tomonlar kelishuviga ko'ra, "Nissa" muayyan shartlar bajarilganda uni to'liq sotib oladi.
Ma'lumot uchun, Aksel o'tgan mavsumni "Girona" klubida o'tkazdi. Biroq jamoa Segunda ravona bo'ldi. Futbolchi Kataloniya klubi safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta assistni qayd etgandi.