Bugun
14
O'zbek

«Milan» «Strasburg» vingeri Moreyraning transferi uchun 45+20 million yevro to‘laydi

Futbol
18 avgust, 05:18
«Rossoneri» belgiyalik futbolchi transferini yaqin vaqt ichida yakunlaydi.
«Milan» «Strasburg» vingeri Moreyraning transferi uchun 45+20 million yevro to‘laydi
Foto: Getty Images

«Milan» «Strasburg» vingeri Diegu Moreyra transferini yaqin vaqt ichida yakunlashi kutilmoqda.

Jurnalist Janluka Di Marsioning ma’lumotiga ko‘ra, «Milan» Belgiya milliy jamoasi futbolchisi uchun 45 million yevro to‘laydi. Yana 20 million yevro bonuslar ko‘rinishida belgilangan. Bonuslarning ayrimlari oson, boshqalari esa murakkab shartlar asosida to‘lanadi.

22 yoshli futbolchi hujumning har ikki qanotida, shuningdek, chap qanot himoyasida ham o‘ynay oladi. Moreyra 18 avgust kuni soat 12:00 da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga yetib keladi. Shundan so‘ng u «Milan» bilan shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Moreyra o‘tgan mavsum Liga 1da 27 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 4 ta sariq kartochka ham oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatida Diegu Moreyra Belgiya terma jamoasi safida atigi 1 ta bahsda ishtirok etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Strasbourg Strasbourg
Bugungi yangiliklar