Bugun
34
O'zbek

Islom Ahmedov: «Ikkita mag'lubiyatdan so'ng bugun yutmasak bo'lmasdi»

Eksklyuziv
19 avgust, 16:19
«Andijon» ustoz jamoasining g'alabasi haqida fikr bildirdi.
Islom Ahmedov: «Ikkita mag'lubiyatdan so'ng bugun yutmasak bo'lmasdi»
Фото: Андижон ПФК
19.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Mashal Mashal 0 : 1 Andijon Andijon

«Andijon» klubi safarda liga autsayderi - «Mash'al»ga qarshi uchrashuvda 0:1 hisobida g'alaba qozonib, uch ochkoni qo'lga kiritdi. Bellashuvdan so'ng tashkil qilingan matbuot anjumanida «Andijon» ustozisi Islom Ahmedov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Avvalo, bugungi g'alabamiz bilan «Andijon» jamoamiz muxlislarini, bizni qo'llab-quvvatlagan ishqibozlarimizni tabriklaymiz va kattakon rahmat aytamiz. Ikkita mag'lubiyatdan so'ng bugun yutmasak bo'lmasdi. Buni futbolchilar ham, murabbiylar shtabi ham yaxshi tushunib turishgandi. Tayyorlanib keldik, ammo uchrashuv oson kechmasligini bilardik. Sababi, «Mash'al»da ikkinchi davrada tajribali murabbiy qo'li ostida oldinga harakat bor edi. Yigitlarga qiyin o'tishini tushuntirganmiz. Xohlaysizmi-yo'qmi, turnir jadvalidagi vaziyatga qarab futbolchilarda biroz bo'shashish bo'ldi. Lekin o'yinchilarimizga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytamiz, ular muvozanatni yo'qotishmadi. 1:0 hisobida bo'lsa ham g'alaba qozondik.

- Natija qoniqarli, ammo o'yindan ham qoniqdingizmi?

- Ochigi, futbolchilarimizning potensialini hisobga olganda, o'yindan o'rtacha darajada qoniqish bo'lishi mumkin. Chunki futbolchilarimiz o'z kuchlarini masalan «Neftchi»ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida, «Paxtakor»ga qarshi uchrashuvlarda ham ko'rsatishdi. Ammo bugun futbolchilarni hammalari ham baribir o'z darajasida harakat qila olmadilar. Shunday bo'lsa-da, o'yinchilarimiz mehnat qilishdi, borini berishdi. Shuning uchun natijadan qoniqdik, ammo o'yin taraflama yana ishlaydigan jihatlarimiz bor.

- Demak, raqibni oxirgi o'rindaligi ham yigitlarga biroz ruhiy tarafdan ta'sir ko'rsatdimi?

- Ha, bu ozgina bo'lsa ham ta'sir qiladi. Raqib qanchalik kuchli bo'lgani sari futbolchini shuncha yaxshi «nastroy» qiladi. O'ylaymanki, hozirgi «Mash'al» ko'tarilishda, yaxshi o'yin ko'rsatyapti.

- Birinchi bo'limda jamoangiz boshqacha ko'rinishda o'ynadi. Yakuniy nuqtani qo'yishda futbolchilarga biroz omad yoki aniqlik yetishmadi. Ikkinchi bo'limda yetakchilardan biri Cheran maydonga tushgach, o'yin o'zgardi. Oldindan shuni taxmin qilganmisiz yoki vaziyatdan kelib chiqib ikkinchi bo'limda tajribali o'yinchilarni tushirdingizmi?

- Draganni 3-4 safardan beri ikkinchi bo'limda maydonga tushirayapmiz. O'zini tajribasi bilan to'pni nazorat qiladi, jamoadoshlarini shoshilmaslikka chaqiradi. Birinchi bo'limda nimaga o'xshamadi? Chunki shunday o'yinchimiz yo'q edi. To'pni raqib tomonida nazorat qildik. Lekin yakuniy pasni beradigan o'yinchilarimiz biroz shoshilib ketishdi. Shu bois ikkinchi bo'limda Cheranni maydonga tushirayapmiz.

- Bugun «Andijon» muxlislarini stadionda ko'rmadik…

- Yo'q, ular narigi tarafda bizni qo'llab-quvvatlab turishdi.

- «Ultras Burgut»ga o'rganib qolgan ekanmiz. Balki ularni kelishmaganiga ikkita mag'lubiyat bilan bog'liqmi?

- Balki bo'lishi mumkin. Muxlislarimiz g'alabalar kutishgandi, ularni xursand qila olmadik. Ozgina hafa bo'lib qolgan bo'lishi mumkin. Xudo xohlasa, g'alabalarimiz bilan ishqibozlarimizni yana qaytaramiz», - deya bosh murabbiyning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar