Live
1
O'zbek

Sergey Lushan: "Imkoni boricha jamoani Superligada saqlab qolishga harakat qilamiz"

Eksklyuziv
19 avgust, 15:48
"Mash'al" bosh murabbiyi "Andijon"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Sergey Lushan: "Imkoni boricha jamoani Superligada saqlab qolishga harakat qilamiz"
Фото: Машъал ПФК
19.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Mashal Mashal 0 : 1 Andijon Andijon

G'uzorda bo'lib o'tgan "Mash'al" - "Andijon" o'rtasidagi bahsda yagona gol o'yin taqdirini hal qildi va bu mehmonlar tomonidan kiritildi. Shunday qilib, muborakliklar navbatdagi mag'lubiyatiga uchradi. Uchrashuvdan keyin "Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida qatnashdi.

- Fikr bildirish qiyin. O'yinimiz o'xshamadi. Maydonga tushishyapti, ammo qo'lidan hech nima kelmayapti. Bu intellekt saviyamiz shunday. Keyin nima bo'ladi, bilmayman. Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Rostini aytsam, tabriklayverib, o'zim ham charchadim. Shunga qaramay, bugungi o'yinda ijobiy jihatlar ham bo'ldi. Biz tarkibni taxminan 80 foizga yangilash yo'lidan boryapmiz. Bugun ko'rgan bo'lsangiz kerak, maydonga juda yosh futbolchilarni, hali bolaligicha bo'lgan yigitlarni tushirdik. Ulardan har biri, jumladan, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o'zini munosib ko'rsata oldi. Yana bir yigit esa markaziy himoyachi. Biz motivatsiyasi bor shu futbolchilarga tayanamiz.

Mening tushunishimcha, tajribali futbolchilarda motivatsiya deyarli butunlay yo'qolgan. Bunga sabab bo'layotgan ayrim holatlarni men ham tushunishga harakat qilaman. Bu haqda avval ham gapirganman, shuning uchun yana qaytib o'tirishni istamayman. Agar futbolchilarga yetib borolmasak, ularni ishontirolmasak, tushuntira olmasak, nima qilaman? Axir, faqat biz emas, boshqa klublarda ham shunday vaziyatlar bor. Ba'zi paytlarda sabr qilish kerakligini tushunish lozim.

Hozircha ularga yetib borolmayapmiz. Nima qila olaman? Men ularni ham tushunishga harakat qilaman. Har holda, biz hammamiz Xudoning panohida yuribmiz. Imkoniyat hali bor. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Hozircha biz izlanishdamiz. Nimani sinab ko'rmaylik, o'xshamayotgan paytlar bor. Buning faqat ikki xil izohi bor, deb o'ylayman. Yoki bu yerda yig'ilgan futbolchilarning salohiyati shu daraja — ular bundan ortig'iga qodir emas. Yoki bu vaziyatning yarim yildan beri futbolchilar faqat bazada yashab, mashg'ulot o'tkazayotgani bilan bog'liq tomoni bor. Ular pul degan tushunchaning o'zi qanday ko'rinishda bo'lishini ham unutib qo'yishgan, shekilli. Balki ikkisi ham ta'sir qilayotgandir. Balki ham u sabab, ham bu sabab bordir. Lekin buning bizga yengilligi yo'q.

- Jamoangiz hozir qiyin vaziyatda. Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Yana bir bor aytaman: oldimizda ikki vazifa bor edi. Birinchisi — imkoni boricha jamoani Superligada saqlab qolishga harakat qilish. Agar buning uddasidan chiqa olmasak, keyingi mavsum uchun yangi jamoa shakllantirish. Hozir, asosan, shu ish bilan shug'ullanyapmiz.

O'ylaymanki, keyingi o'yinda ham sizlar hali hech qachon ko'rmagan yana ikki nafar futbolchini maydonda ko'rasiz. Bugun uch nafar yangi futbolchi o'ynadi. Keyingi bahsda yana bir-ikki nafar futbolchini sinab ko'ramiz. Ya'ni, tarkibni bosqichma-bosqich 80 foizga yangilashga o'tamiz. Albatta, biz majbur bo'lib qo'yayotgan pozitsiyalar ham bor. Aslida bizga ma'qul bo'lgan ikki-uchta pozitsiya bor. Qolgan pozitsiyalarda esa yo o'yinchilarning imkoniyati yetmayapti, yoki ularning xohishi yo'q. Shuning uchun tarkibni o'zgartirishga majburmiz. Boshqa variantimiz yo'q.

Jamoa Superligada qoladimi yoki yo'qmi — buni yolg'iz Xudo biladi. Har holda, imkoniyatimiz butunlay tugagani aniq bo'lmaguncha ishlashda, harakat qilishda, nimadir o'ylab topishda va izlanishda davom etamiz.

Bilasizmi, nimadir o'ylab topish juda qiyin. Ayniqsa, mavsumoldi yig'inlar bo'lib, yangi futbolchilarni olib kelish imkoniyati bo'lganda, muammoni hal qilish osonroq. Futbolchini almashtirishingiz, boshqasini olib kelishingiz mumkin. Bizda esa bor narsa shu. Qo'limizdagi futbolchilar bilan ishlashga harakat qilyapmiz. Ularga ham tushuntiryapmiz: boshqa futbolchilarimiz yo'q. Agar hammamiz birga bo'lsak, demak, bir maqsad sari birga harakat qilishimiz kerak. Hozir esa bizda shunday vaziyat: kimdir xohlashyapti, lekin qodir emas; kimdir qodir, lekin xohlamayapti. Hozircha mana shu holatni bir joyga yig'ishning uddasidan chiqa olmayapmiz. Shunga qaramay, yaxshi jihatlar bormi? Ha, bor», - deya Lushanning so'zlarini keltiradi Tribina.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar