Live
6
O'zbek

"PSJ" — "Renn" o'yini qoldirilishi mumkin

Futbol
19 avgust, 14:07
Bellashuv 23 avgust kuni o'tkazilishi kerak edi.
"PSJ" — "Renn" o'yini qoldirilishi mumkin
Фото: Getty Images
23.08.2026, 14:45 Liga 1 Fransiya Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Rennes Rennes

Fransiya chempionati 1-turidan o'rin olgan "PSJ" va "Renn" o'rtasidagi bahs boshqa muddatga qoldirilishi mumkin. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Rejaga ko'ra, bellashuv 23 avgust kuni o'tkazilishi kerak edi. Ammo havo haroratining yuqori bo'lishi sabab "Park de Prens" stadionining maydoni holati yomonlashgan. Professional futbol ligasi maydon holatini baholamoqda. "PSJ" — "Renn" uchrashuvini zaxira sanasiga ko'chirish ehtimoli ham mavjud.

Shuningdek, o'yin "Renn" maydonida ham o'tkazilishi mumkin. Biroq bu qo'shimcha tashkiliy muammolarni keltirib chiqarishi sabab aniq qarorga kelinmagan

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Rennes Rennes
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar