OKMK klubi o‘z uyida "Dinamo"ni qabul qildi va 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Oxirgi paytlarda olmalikliklar omadsiz o‘yinlar o‘tkazmoqda va ochkolarni boy beryapti. Navbatdagi uchrashuvdan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Uchrashuvga keladigan bo‘lsak, tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Haddan oshiq ochiq o‘yin bo‘ldi. O‘sha gapim: futbolda vaziyatlar uchun gol berilmaydi. Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib gol urish kerak. Ikkinchi bo‘limda yaratgan imkoniyatlarimiz yil oxirigacha yetsa kerak. Hozirgi kunda bunday vaziyatlar yaratish oson emas, har bir uchrashuvda kurashlar bo‘lyapti va ko‘p imkoniyatlar yaratib bo‘lmaydi. Birinchi bo‘limni o‘zida gol urish kerak edi. Hazratda ham bo‘ldi. "Buxoro"ga qarshi o‘yinda ham 4 ta 100 foizlik imkoniyatlarga ega bo‘lgandik, shulardan foydalanish kerak edi. "Nasaf" bilan ham yomon harakat qilganimiz yo‘q. Juda ko‘p vaziyatlar yaratmoqdamiz, lekin gol ura olmayapmiz. O‘yin qayta ko‘rib chiqib, xulosa chiqaramiz.
- OKMKni ketma-ket uchta mag‘lubiyati keyingi o‘yinlarga ruhiy tarafdan qanchalik ta'sir qilishi mumkin?
- Hammamiz ham insonmiz, kimgadir ta'sir qilishi mumkin. Lekin bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz, hayot davom etadi, yanada harakat qilish kerak. Tushkunlikka tushib o‘tirsak, hech kim chetdan kelib qo‘lini uzatmaydi. O‘zimiz shu vaziyatga tushdikmi, jamoamiz bilan kuch topib, to‘g‘ri xulosa chiqarib, bundan chiqishimiz kerak», - deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi bo‘limda yaratgan imkoniyatlarimiz yil oxirigacha yetsa kerak"
Eksklyuziv
19 avgust, 15:57
OKMK klubi bosh murabbiyi jamoasining mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
Фото: Getty Images
19.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
ОКМК
0
:
1
Dinamo Samarqand