Live
6
O'zbek

«Nima deyishni bilmay qoldim» Uli Xyones - Musialaning yana hushidan ketishi haqida

Futbol
19 avgust, 14:18
«Bavariya» faxriy prezidenti 2-marta maydonda hushini yo‘qotgan yarimhimoyachi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
«Nima deyishni bilmay qoldim» Uli Xyones - Musialaning yana hushidan ketishi haqida
Foto: Gettyimages

Nemis klubi kuzatuv kengashi a’zosi va «Bavariya» faxriy prezidenti Uli Xyones 4 kun ichida 2-marta maydonda hushini yo‘qotgan yarimhimoyachi Jamol Musiala bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

18-avgust kuni futbolchi «Haydenhaym» bilan o‘rtoqlik o‘yinida (2:4) ikkinchi marta hushini yo‘qotdi. Futbolchi maydonga tushganidan bir necha daqiqa o‘tib o‘zini yomon his qildi. Avvalroq, 15-avgust kuni 23 yoshli yarimhimoyachi «Leypsig» bilan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida (3:1) hushini yo‘qotgan edi. Voqea bahsning 83-daqiqasida, Musiala gol urganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi.

«Biz anchadan beri mavjud muammolardan xabardor edik. Ammo bu birinchi marta bevosita maydonda - o‘tgan hafta «Leypsig»ga qarshi o‘yinda namoyon bo‘ldi. Yaqin orada bu holat takrorlanmasa, demak, davolanish yordam beradi, deb o‘yladim. Ammo bu voqea to‘rt kundan keyin takrorlangani meni chinakamiga hayratga soldi. Men divanda o‘tirardim va bir og‘iz ham gapira olmay qoldim. Tilim aylanmay qoldi — bunday holatga kamdan kam tushaman. Hozir kechki payt uxlashga yotayotganimda ham, ertalab uyg‘onib ham u haqda o‘ylayapman. Shubhasiz, biz Musialani to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz», — deya mutasaddi so‘zlaridan iqtibos keltirdi Bayern & Germany.

Bugungi yangiliklar