Live
6
O'zbek

Modrichning qizi Emma «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisiga aylandi

Futbol
19 avgust, 14:02
13 yoshli Emma Modrich Madrid klubining ayollar akademiyasiga qabul qilindi.
Modrichning qizi Emma «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisiga aylandi
Foto: Gettyimages

13 yoshli Ema Modrich, futbolchi Luka Modrichning qizi, Madridning «Real» klubi ayollar akademiyasi tarbiyalanuvchisiga aylandi. Bu haqda Madrid Xtra o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Avvalroq Ema «Milan»ning U-13 jamoasi tarkibida harakat qilardi va 2026-yil bahorida jamoa Turinda Coppa Garino"da g‘alaba qozonishiga o‘zining hissasini qo‘shdi: yarimfinalda «Milan» «Inter»ni, finalda esa — «Yuventus»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Italiyaga ko‘chib o‘tishdan avval qizaloq Madrid klubi tizimida shug‘ullanardi, ammo o‘sha vaqtda yoshi to‘g‘ri keladigan jamoa bo‘lmagani uchun aniq bir toifadagi jamoa a’zosi emasdi.

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli xorvatiyalik yarimhimoyachi 2012 - 2025-yillar oralig‘ida «Real» sharafini himoya qilgan, keyin esa «Milan»ga ko‘chib o‘tgandi.

Bugungi yangiliklar