Juma kuni madridliklar «Inter»dan jamoa safiga kelib qo‘shilgan qanot himoyachisi Denzel Dumfrisni tanishtirdi.
Tanishtiruv marosimi davomida Dumfris klub prezidenti Florentino Peresdan 24-raqamli futbolka va esdalik sovg‘alarini qabul qilib oldi.
Avvalroq Denzel Dumfris «Real» bilan 4-yillik – 2030-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagandi.
Ma’lumot uchun, 2026/2027-yilgi mavsumdagi ilk o‘yinini «Real» shanba, 22-avgust kuni «Espanyol»ga qarshi safarda o‘tkazadi.
30 yoshli Dumfris «qaymoqranglilar»ning qaydnomasiga kiritilgan va o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.