"Liverpul" bilan shartnomasi yakunlanib, "Real"ga erkin agent sifatida o'tgan himoyachi Ibraima Konate madridliklar futbolchisi sifatida tanishtirilganidan so'ng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Bu men uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki mening birinchi futbolkam "Real" libosi bo'lgan. Uni menga katta akam sovg'a qilgandi. Shundan beri doimo ushbu fantastik jamoada o'ylashni orzu qilardim va bugun orzum amalga oshganidan baxtliman.
Bilamanki, klub bu futbolkani kiygan har bir futbolchidan juda katta natijalar kutadi. Men bu yerga jamoa uchun kurashish, maydonda va uning tashqarisida bor kuchimni berish uchun keldim.
Bu yerda o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Faqat bir narsadan — 2022 yilda Parijda bo'lib o'tgan finaldan — afsusdaman. Chunki o'sha paytda men "Liverpul" safida o'ynaganman va o'shanda "Real" yana Chempionlar ligasida g'olib chiqqandi.
"Real" tarixining bir qismiga aylanishni, sovrinlarni qo'lga kiritishni, jamoa bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni va abadiy uning tarixida qolishni xohlayman. Ushbu futbolka uchun borimni berishga va'da beraman", — deya Konatening so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Konate: "Bolaligimdagi ilk libosim "Real"niki bo'lgan. Shundan beri ushbu fantastik jamoada o'ynashni orzu qilardim"
Futbol
21 avgust, 01:45
Fransiyalik himoyachi Madrid klubi a'zosi sifatida tanishtirilganidan so'ng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Foto: Real Madrid
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi