Live
1
O'zbek

Sergey Tokov: "Kulgili gollar o'tkazib yubordik"

Futbol
20 avgust, 22:53
"Xorazm" bosh murabbiyi "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Sergey Tokov: "Kulgili gollar o'tkazib yubordik"
Foto: Xorazm PFC
20.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Xorazm Xorazm 1 : 3 Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent

Superliga 18-turida "Xorazm" o'z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Tokov mag'lubiyatga uchralgan bahsdan keyin matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv borasidagi fikrlaringiz qanday?

— Juda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Juda kulgili gollar o'tkazib yubordik. Penalti ham bo'ldi. Bu nima bilan bog'liqligini bilmayman — ehtimol, futbolchining o'z jarima maydonidagi e'tiborsizligi, qo'l bilan o'ynashi... Bilmadim.

Ikkinchi golda ham xuddi shunday: diqqat-e'tibor, "kontsentratsiya" yetishmadi, balki qandaydir omadsizlik ham bo'ldi. Umuman olganda, birinchi bo'limni yomon o'tkazmadik. Ammo ikkinchi gol bizni biroz ruhan sindirib qo'ydi, shekilli. Shundan keyin shoshila boshladik va o'yinimiz ham o'xshamay qoldi.

Legioner futbolchi jamoaga yaqinda qo'shilganmi?

— Ha, u bizga yaqinda qo'shildi. Rostini aytsam, uni o'yin oxirida taxminan 20 daqiqaga maydonga tushirishni rejalashtirgandim. Ammo birinchi bo'limda futbolchilardan biri juda yomon o'ynagani uchun hujumni kuchaytirishga harakat qildik. Uning jismoniy holati hali to'liq tayyor emasligi ko'rinib turibdi. Bu borada ishlaymiz», — deya Tokovning so'zlarini keltiradi Tribina.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorazm Xorazm
  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar