«Betis» Troy Perrottni o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.
Irlandiyalik 24 yoshli hujumchi Niderlandiyaning AZ klubidan Ispaniya jamoasiga o‘tdi va 2031 yilga qadar shartnoma imzoladi.
BBC ma'lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 20 million yevroni tashkil qilgan.
Perrott o'tgan mavsumda Niderlandiya chempionatida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urgani va 4 ta golga assistentlik qilgani ma'lum. U o‘z jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylangan.
Perrott «Tottenhem» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U faoliyati davomida «Ipsvich», «Preston» va «Ekselsior» klublarida ham o‘ynagan.
«Betis» AZ to'purari Perrott bilan shartnoma imzoladi
Futbol
21 avgust, 05:13
Irlandiyalik hujumchi faoliyatini La Ligada davom ettiradi.
Foto: Betis