"Inter" klubi "Liverpul" yarimhimoyachisi Kertis Jonsning transferini e'lon qildi.
Angliyalik futbolchi "neradzurri" bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
"Liverpul" akademiyasi tarbiyalanuvchisi faoliyatida ilk bor Angliyadan tashqarida o'ynaydi. Jones yangi jamoasida Jon Stounz va Jed Spens bilan birga harakat qiladi. U "Inter" tarixidagi oltinchi angliyalik futbolchiga aylandi. "Liverpul"da butun umrini o'tkazgan yarim himoyachi ilk bor o'z yurtini tark etmoqda. Endi uni yangi, ajoyib sarguzasht kutmoqda. U bu sayohatga butun faoliyati davomida hamroh bo'lgan o'ziga bo'lgan ishonch bilan kirishadi: Kertis Jons — "Inter"ning yangi futbolchisi", — deyiladi milanliklar bayonotida.
Ma'lumot uchun, Jons "qizillar" asosiy jamoasi safida barcha turnirlarda 228 ta uchrashuv o'tkazib, 22 ta gol va 25 ta assist qayd etgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi