Bugun
51
O'zbek

"Inter" Lautaroni "Barsa"ga sotish niyatida emas

Futbol
19 avgust, 23:45
Kataloniyaliklar ham hujumchi transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan.
"Inter" Lautaroni "Barsa"ga sotish niyatida emas
Foto: Getty Images

"Barselona" "Inter" hujumchisi Lautaro Martines transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan. Bu haqda jurnalist Janluka di Marzio xabar berdi.

Bungacha Xulian Alvaresni "Atletiko"dan transfer qilish imkoni yo'qolgani sababli kataloniyaliklar keyingi variantlarga o'tgani aytilgandi. Ular orasida asosiy nomzod Lautaro hisoblanmoqda.

Qayd etilishicha, hozircha "Barselona" vakillari ham, futbolchining agentlari ham milanliklar bilan bog'lanmagan. "Inter" esa Lautaroni sotilmaydigan futbolchi deb hisoblamoqda.

Ma'lumot o'rnida, Martines o'tgan mavsum A Seriyada 30 ta uchrashuv o'tkazib, 17 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq "Barselona" Lautaroni sotib olishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar