«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio «Barselona» vingeri Lamin Yamalni jamoasida ko'rishni istamasligini aytdi.
— Lamin Yamalni «Real»da ko'rishni xohlarmidingiz?
— Yo'q. Shubhasiz, u ajoyib futbolchi, rivojlanish uchun ulkan salohiyatga ega yosh futbolchi. Uning yoshida Yevropa va jahon chempioni bo'lish — noodatiy holat.
Shunga qaramay, bizda yuqori darajadagi yigitlar bor va men hech kim uchun jamoada joy bo'shatmasdim. Hozir ular — mening futbolchilarim. Mening futbolchilarim esa eng yaxshilari, — deya Mourinioning so'zlarini keltiradi AS nashri.
Ma'lumot o'rnida, Joze 18 avgust kuni «Real» bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirildi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi