"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi MLS doirasidagi "Filadelfiya"ga qarshi o‘yin (2:2)dan keyin jarimaga tortildi. Bu haqda Diario AS xabar berdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida argentinalik futbolchi raqib yarimhimoyachisi Quinn Sullivan bilan mojaro qilgan. Messi raqibining ensasiga ochiq kafti bilan urgan, shundan so‘ng futbolchilar yuzma-yuz turib qolishgan.
39 yoshli hujumchi diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi va "Toronto"ga qarshi navbatdagi chempionat uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Qayd etish lozim, Messi bu mavsum MLSda 17 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 8 ta assist amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi