Live
1
O'zbek

MLS. «Inter Mayami» safarda «Neshvill»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Messi penaltidan gol ura olmadi

Futbol
16 avgust, 00:56
MLS 19-turi doirasida «Neshvill» — «Inter Mayami» o‘yini bo‘lib o‘tdi.
MLS. «Inter Mayami» safarda «Neshvill»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Messi penaltidan gol ura olmadi
Foto: Gettyimages
15.08.2026 FT MLS USA Nashville SC Nashville SC 4 : 1 Inter Miami CF Inter Miami CF

Bahs AQSHning Neshvill shahridagi «GEODIS Park» stadionida bo‘lib o‘tib, mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Neshvill» tarkibida Endi Naxar, Xani Muxtor (dubl) va Sem Serrijlar gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Inter Mayami»ning yagona golini Lionel Messining uzatmasidan so‘ng Telasko Segoviya urdi.

O‘yinning 23-daqiqasida argentinalik hujumchi penaltini golga aylantira olmadi.

Ma’lumot uchun, 19 ta o‘yindan so‘ng «Neshvill» MLS musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda, birinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqargan «Inter Mayami» esa endi yetakchidan 5 ochko ortda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, MLSning navbatdagi turida «Neshvill» mehmonda «Nyu-York Red Bullz» klubi bilan, «Inter Mayami» esa safarda «Filadelfiya Yunion» bilan bahs yuritadi. Har ikki bellashuv 20-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nashville SC Nashville SC
  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • MLS USA MLS USA
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar