«Chelsi» vingeri Mixail Mudrik katta ehtimol bilan faoliyatini boshqa klubda ijara asosida davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
25 yoshli futbolchining London klubidan ijaraga ketishi deyarli aniq. Hozirda «Lids» Mudrikning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
«Ko'klar» klubning birinchi taklifini rad etgan, ammo muzokaralar davom etishi mumkin. Futbolchining o'zi esa APLda qolish va faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal ko'rmoqda.
Avvalroq Mudrik faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.