"Barselona" sport direktori Deku Ferran Torres va Robert Levandovskiyning klubdan ketishi haqida fikr bildirdi.
Ferran Torres bu yozda 50 mln yevro evaziga "PSJ"ga o'tdi. Levandovski esa kataloniyaliklarni erkin agent sifatida tark etib, "Chikago Fayr" safiga qo'shildi.
"Ikki futbolchi — Ferran va Robert ketdi. Biz Ferranning o'rnini yangi futbolchilar bilan to'ldirishimiz mumkin, ammo Robertning o'rnini bosish juda qiyin.
Hatto yaxshi futbolchi topsak ham, bu juda murakkab bo'ladi, chunki u bizning davrimizni belgilab bergan futbolchi edi. Bizda ichki variantlar bor, ammo, albatta, ayrim choralarni ko'ramiz. Gap eng yaxshi yechimni topish haqida ketmoqda. Mavsum oxiriga qadar nimalar qila olishimizni tushunish ustida ishlayapmiz.
Har qanday futbolchi bu yerga o'tishni xohlaydi. Top-darajadagi futbolchilarni jalb qilish uchun esa loyiha kerak. Bu yerga kelgan futbolchilarni ham shu narsa hayratlantirdi. Ularning barchasi sovrinlarni qo'lga kiritish va tarix yaratishni xohlaydi", — deya Dekuning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Deku: "Ferranning o'rnini to'ldirish mumkin, ammo Levandovskining o'rnini bosish juda qiyin"
Futbol
21 avgust, 00:08
"Barselona" sport direktori ikki hujumchining jamoadan ketishi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi