Bugun
31
O'zbek

Maffeo — "Valensiya" futbolchisi

Futbol
21 avgust, 00:51
Argentinalik himoyachi yangi mavsumni ham La Ligada o'tkazadi.
Maffeo — "Valensiya" futbolchisi
Foto: Valencia CF

Pablo Maffeo "Valensiya" futbolchisiga aylandi.

Ispaniya klubi 29 yoshli himoyachini "Olimpiakos"dan ijaraga olganini ma'lum qildi. Shartnomada futbolchini sotib olish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.

Jurnalist Nacho Sanchis ma'lumotiga ko'ra, argentinalik futbolchining to'liq transferi "Valensiya"ga 3 million yevroga tushadi.

O'tgan mavsumda Maffeo "Maloyorka" safida o'ynagan va La Liga doirasida 31 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgani, 2 ta golli uzatma amalga oshirgani hamda 11 ta sariq kartochka olgani ma'lum.

Himoyachi "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U faoliyati davomida "Jirona", "Shtutgart" va "Uyeska" klublarida ham harakat qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Valensia Valensia
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar