Bugun
51
O'zbek

16 yoshli Dominges "Atletiko" safida La Ligada oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi

Futbol
20 avgust, 11:30
Himoyachi La Liga 1-turida toʻliq harakat qildi.
16 yoshli Dominges "Atletiko" safida La Ligada oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images
19.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 2 : 0 Malaga Malaga

"Atletiko" safida 16 yoshli himoyachi debyut qildi.

Xorxe Dominges Ispaniya chempionatining 1-turidan oʻrin olgan "Malaga"ga qarshi oʻyinda (2:0) madridliklar asosiy tarkibida maydonga tushib, toʻliq harakat qildi.

Ispaniyalik 16 yosh-u 241 kunlik boʻlib, u "Atletiko" tarixida La Ligada oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi.

Xorxe 2009 yil 21 dekabrda Madridda tugʻilgan. Uning otasi ispan, onasi esa Kongodan.

Shu yozda futbolchi Ispaniya U-17 jamoasi tarkibida Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Jamoa yarim finalda Italiyaga penaltidan magʻlub boʻlib, musobaqani tark etdi.

Oʻtgan mavsumda Dominges UEFA Yoshlar ligasida 6 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etgan va 3 ta sariq kartochka olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Malaga Malaga
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar