Madridning "Atletiko" klubi darvozaboni Yan Oblak La Liga doirasidagi "Malaga"ga qarshi o‘yin (2:0)da chempionatdagi yubiley 400-o‘yinini o‘tkazdi.
Shu tariqa, Oblak La Liga tarixida 400 ta o‘yin o‘tkazgan 11-darvozabonga aylandi. Shu bilan birga, Yan bu ko‘rsatkichga erishgan birinchi xorijlik posbon bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Oblak 2014 yildan buyon Ispaniyada faoliyat yuritib kelmoqda. Bunga qadar sloveniyalik darvozabon qo‘shni Portugaliyada to‘p tepgan. U Lissabonning "Benfika" klubi a’zosi bo‘lgan, ammo asosiy tarkibda kam maydonga tushib, asosan ijara asosida boshqa jamoalarda harakat qilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi