Bugun
51
O'zbek

«Malaga» La Liga tomonidan 300 ming yevro jarimaga tortildi

Futbol
20 avgust, 01:35
Klub 7 yil avval iqtisodiy nazorat qoidalarini buzgani uchun jazolandi.
«Malaga» La Liga tomonidan 300 ming yevro jarimaga tortildi
Foto: Getty Images
19.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 2 : 0 Malaga Malaga

Ispaniyaning «Malaga» klubi 7 yil avval sodir etgan qoidabuzarligi uchun jazolandi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Klub 2019/2020 yilgi mavsumida iqtisodiy nazorat qoidalarini buzgani uchun 300 ming yevro jarimaga tortildi. O‘sha paytda «Malaga» futbolchilar tarkibining qiymati haqidagi deklaratsiyada jamoa a’zolarining haqiqiy narxidan 4,388 million yevro kamroq summa ko‘rsatgan.

Shu sababli bir necha yil davom etgan ish muhokamasidan so‘ng La Liganing moliyaviy komissiyasi tegishli qarorni qabul qildi. Avvalroq jamoa Madridda «Atletiko»ga mag‘lub bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Malaga Malaga
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar